29 mar 09:58
Yangiliklar
Tennis

Elina Svitolina latviyalik tennischiga yutqazib qo'ydi
AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi nufuzli turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi hisoblangan Elina Svitolina chorak final uchrashuvida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Ukrainalik tennis malikasi latviyalik Elena Ostapenkoga 1 soatu 48 daqiqa davom etgan bahsda 6:7(3), 6:7(5) hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ostapenkoning yarim finaldagi raqibasi amerikalik Daniel Kollinz bo'ladi. Dunyo tennischilari reytingida 93-o'rinni egallab turgan amerikalik bu tennischi katta shov-shuv ko'tarishga ulgurdi. U chorak finalda hamyurti Vinus Uilyamsga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Havola :
Fikrlar