23 may 14:56
Yangiliklar
Elina Svitolina Monfis bilan munosabati haqida gapirdi
Mana bir necha oydirki Svitolina va Monfis uchrashib yurishibdi. Elinaning aksariyat muxlislari tennischining so'nggi paytlardagi natijasi pasayib ketishida uning aynan Gael bilan uchrashayotganini sabab qilib ko'rsatmoqda.
“Parij kortlarida yaxshi natija ko'rsata olishimga ishonyapman. Bu erda meni franciyalik muxlislar qo'llab-quvvatlashlariga umid qilyapman. Gael Monfis ham shu erda bo'ladi. Keyin o'z o'yinim bilan ham tennisdan yiroqlashib ketmaganimni isbotlashim kerak.
Men Monfisning, u esa mening o'yinlarimni tribunadan tomosha qiladi. Agar bir paytning o'zida boshqa-boshqa kortlarda o'ynasak, televizorda o'sha o'yinni ko'rib olamiz”, - deya Svitolinaning so'zlarini keltirmoqda rolandgarros.com.
Eslatib o'tamiz, Elina Svitolina 2014 yildan buyon ilk bor ketma-ket 4 ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi va jahon reytingida TOP-8dan chiqib ketdi.
Fikrlar