20 iyu 15:32
Yangiliklar
Tennis
Elison van Uytvank Gaybada chempion bo'ldi
Italiyaning Gayba shahrida tennis bo'yicha WTA 125 turniri bo'lib o'tdi.
Dunyoning 47-raketkasi bo'lib turgan Elison van Uytvank ushbu turnirda bosh sovrin sohibasiga aylandi. Belgiyalik tennischi final uchrashuvida WTA reytingida 213-pog'onadan joy olgan italiyalik Sara Erranini taslim etdi - 6/4, 6/3.
Oltmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Elison o'z hisobiga 3 ta eys, 4 ta breyk va bitta qo'shxato yozib qo'ydi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi - 2:0.
Italiyadagi muvaffaqiyatli ishtirok Uytvankka 160 reyting ochkosi hamda 15,000 dollar mukofot puli taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar