04 may 11:38
Yangiliklar
Tennis
Emilio Gomes kubokni Ekvadorda olib qoldi
Ekvador davlatida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnir yakunlandi.
Bosh sovrin dunyoning 190-raketkasi bo'lib turgan ekvadorlik tennischi Emilio Gomesga nasib etdi. Mezbonlar vakili 2 soatu 40 daqiqa davom etgan final bahsida reytingning 327-pog'onasidan joy olgan chililik Nikolas Xarridan ustun keldi - 4/6, 7/6(6), 6/4.
Nikolasga 11 ta eys zarbasi ham yordam bermadi. Emilio esa bahs davomida 4 ta eys zarbani ijro etdi. O'zaro uchrashuvlarda Gomes hisobni yiriklashtirli - 3:0. O'z yurtidagi muvaffaqiyatli ishtirok Emilioga 5150 dollar mukofot puli hamda 50 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar