26 apr 13:48
Yangiliklar
Tennis
Emma Radukanu bir yil ichida uchinchi murabbiy bilan hamkorlikni bekor qildi
Jahonning 11-raketkasi Emma Radukanu germaniyalik murabbiy Torben Belc bilan hamkorlikni to'xtatganini malum qildi.
Tomonlar noyabr oyidan buyon birga ishlab kelishayotgandi.
"Torbenga ishi, professionalligi va o'z ishiga sodiqligi uchun minnatdorchilik bildiraman. Uning keng yuragi bor. U bilan o'tkazgan vaqtimdan xursandman.
Men uchun yaxshi variant - mashg'ulotlarning yangi modeliga o'tish deb hisoblayman", - dedi Radukanu.
Belc 1 yil ichida 19 yoshli tennischi bilan xayrlashgan uchinchi murabbiy bo'ldi. Uimbldondan so'ng uning jamoasini Nayjel Sirs tark etgandi. US Open'dagi g'alabadan so'ng esa u Endryu Richardson bilan kelishuvni bekor qilgandi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar