13 iyu 17:57
Yangiliklar
Tennis

Endi Marrey: "Bu mavsum men dunyoning birinchi tennischisi nomini oqlay olmayapman"
Britaniyalik tennischi Endi Marrey Sem Kuerriga qarshi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi uchta setda menda imkoniyatlar bo'lgandi. Ikkinchi setda esa hattoki 4:3 hisobida oldinda borayotgandim. Ammo, ikki marotaba o'z to'p oshirishimni boy berib qo'ydim. Aynan shu vaziyat o'yinda hal qiluvchi palla bo'ldi.
Hech kim butun faoliyati davomida birinchi raketka bo'la olmaydi. Buning ham yakuni bo'ladi. Bu mavsumda men dunyoning birinchi raqamli tennisichi nomiga mos harakat qila olmayapman. Agar bu hozir bo'lmasa, US Open'dan so'ng ham bo'lishi mumkin. Menga birinchi bo'lish yoqadi. SHu sababli, qaytishga harakat qilaman", - deydi Marrey.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar