29 mar 18:00
Yangiliklar
Tennis

Endi Marrey Xertogenbosdagi musobaqada ishtirok etadi
Britaniyalik tennischi Endi Marrey 11-17 iyun kunlari Xertogenbosda o'tkaziladigan musobaqada ishtirok etadi.
Bu haqida musobaqa matbuot xizmati xabar qilmoqda.
"Bu men uchun Uimbldonga ajoyib tayyorgarlik bo'ladi. Men chimli kortlarda ko'proq o'yin o'tkazmoqchiman", - dedi Marrey.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar