05 sen 18:10
Yangiliklar
Tennis
"Endi sevgilimga muxlislik qilaman"
Franciyalik tennischi Gael Monfis AQSHda davom etayotgan "US Open" musobaqasidagi ishtirokini chorak finalda yakunladi.
Tennischi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
“Bugun mening uzatmalarim o'xshamadi, ko'p bor birinchi zarbada xatoga yo'l qo'ydim. Bu esa uchrashuv taqdirini belgilab berdi. Men bugungi uchrashuvga borimni berdim. Muxlislar mendan xursand bo'lishdi. Bugun g'alaba qozonishni istagandim, lekin buni uddala olmadim. Endi sevgilimga muxlislik qilaman”,-dedi Monfis.
Malumot uchun, franciyalik tennis ustasini qiz o'rtog'i ukrainalik tennis malikasi Elina Svitolina hisoblanadi. Svitolina "US Open" musobaqasining yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishga erishdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar