18 apr 14:01
Yangiliklar
Tennis
Elina Svitolina SHtutgart turniri 1/2 finalida o'ynaydi
Dunyoning ettinchi raketkasi Elina Svitolina Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirning yarim finaliga chiqdi.
Ukrainalik tennis malikasi 1/4 finalda WTA reytingida 14-o'rinni egallab turgan chexiyalik Linda Noskovani 7/6(2), 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Elina tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuviga kelib, ilk bor Lindadan ustun keldi. Bundan avvalgi ikki bahsda Noskova zafar quchgandi.
Bir yuz ikki daqiqa davom etgan bahsda Svitolina 11, Noskova 6 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bugun Elina final chiptasi uchun boshqa bir chexiyalik tennischi Karolina Muxovaga qarshi kortga chiqadi. Muxova 1/4 finalda dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Koko Goffni mag'lubiyatga uchratdi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar