25 iyu 15:23
Yangiliklar

Eng maftunkor 10 nafar ayol futbolchilar
Xoup Solo. AQSH terma jamoasi darvozaboni. Ikki karra Olimpiya, ikki karra jahon chempioni. 2009 yilda AQSHning eng zo'r sportchisi deb tan olingan. Sportchilar ijtimoiy tarmoqlarda loyihamizning asosiy qahramonlaridan biri :)
Aleks Morgan. Soloning vatandoshi. Hujum chizig'ida to'p tepadi. FIFA16 simulyatorida Messi bilan birga o'yin muqovasidan o'rin olgan.
Nayeli Ranxel. Meksika terma jamoasi sardori. Yarim himoyada harakat qiladi.
Laisa Andrioli. Braziliya futbolida albatta kuchli o'yinchi qizlar ko'p. Lekin, Laisa - modellik borasida chempion.
Anuk Xoogendayk. Gollandiyalik futbolchi. Himoyada ham, yarim himoyada ham birdek o'ynay oladi.
Loren Sesselmann. Kanada terma jamoasining tajribali futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Sidni Leru. AQSH terma jamoasi hujumchisi. Sportchilar oilasida tug'ilgan ushbu go'zal deyarli har ikki o'yindan birida gol kiritadi (75 ta o'yinda 35 ta gol).
Lore Bullyo. Ayollar futbolidagi sodiqlik timsollaridan biri. 2005 yildan beri PSJda o'ynaydi. Franciya terma jamoasi chap qanot himoyachisi.
Kosovare Asslani. Ayollar futbolining Ibragimovichi. U ham SHveciyadan, unda ham bolqonliklarning qoni oqadi, PSJda o'ynagan. SHuningdek, bu yil Manchesterga yo'l oldi. Faqat Yunaytedga emas, Siti tarkibiga.
Liana Bochkovskaya. 24 yoshli ukrainalik go'zal ham o'zining maftunkor tashqi ko'rinishi tufayli ushbu ruyxatimizdan o'rin oldi.
Fikrlar