23 iyu 09:12
Yangiliklar
Engil atletika bo'yicha AQSH chempionati 144 yil ichida birinchi marta bekor qilindi
1876 yilda boshlangan va hatto urushlar paytida ham to'xtatilmagan musobaqalar shu yilning sentyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo federaciya pandemiya sababli ushbu rejalardan voz kechdi.
«Xavfsizlik bilan bog'liq muammolarni hal qilish juda og'ir edi», – deyiladi tashkilot press-relizida. «Bizga mamlakatning turli mintaqalaridan sportchilar ishtirokida ommaviy tadbir o'tkazish tavsiya etilmaydi».
NVS xabariga ko'ra, turnir endi 2021 yil iyunda Yudjin shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan. SHu bilan birga, AQSH sportchilarining joriy yil 14 avgust kuni Monakoda boshlanadigan Brilliant ligasidagi ishtiroki istisno qilinmaydi. Xalqaro engil atletika federaciyasi hali bu startni bekor qilmagan.
Fikrlar