So’nggi yangiliklar

16:16Баходир Жалолов Деонтей Уайлдерга рақиб сифатида таклиф қилинди 0 15:29Бугун "Нефтчи" Суперлигада чемпион бўлиши мумкин 0 14:45Руслан Абдуллаев эртанги жанги олдидан медиа тадбирларда иштирок этди 0 13:26UFC Рамазон Темировни яна допинг текширувидан ўтказди 0 12:39"Ҳисоб 2:2 бўлади". Мераб яна Петр Ян билан жанг қилмоқчи 0 11:12U-17 ЖЧ. Бугун Ўсмирларимиз мусобақадаги юришини бошлайди 0 10:01UFC турнири Қозоғистонда 2027 ёки 2028 йилдаёқ ўтказилиши мумкин 0 08:52UFC 2027 йил март ойида Японияда турнир ўтказиши мумкин: Темировнинг кейинги жанги кунчиқар юртда бўладими? 0 07:11Бугун 9 нафар дзюдочимиз жаҳон чемпионати медаллари учун курашади (Жуфтликлар) 0 19:25“Арсенал” 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирмоқда 0 18:44Муҳаммаджон Машарипов — ёшлар ўртасидаги Жаҳон чемпиони! 0 18:24"Жаҳон чемпионлик камари учун жанг - унинг қайтишига туртки бўлиши мумкин" - менежер Кличко ҳақида гапирди 0 17:41UFC 2021 йилдан бери жанг ўтказмаган спортчини четлатди 0 16:36Исраэль Адесанья UFC Qatar турнирининг марказий жанги учун тахмин берди 0 15:55Тошкентда ўтадиган Жаҳон кубогида иштирок этадиган боксчиларимиз таркиби эълон қилинди 0

13 fev 12:46
Yangiliklar

Boshqalar

Engil atletika, suzish, va boshqalar. Prezident SHavkat Mirziyoev salohiyati to'liq ishga solinmayotgan sport turlarini tanqid ostiga oldi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Prezident raisligida 2028 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazilmoqda.

Prezidentimiz mavjud salohiyat to'liq ishga solinmayotgan sport turlariga alohida to'xtaldi. 

Masalan, badmintonda birorta licenziya qo'lga kiritilmagan. Kamondan otish sport turi bo'yicha bor-yo'g'i 3 ta licenziya olingan.

Olimpiya o'yinlarida engil atletika turlari bo'yicha 48 ta dastur bor. Lekin engil atletika federaciyasi so'nggi olimpiadada 5 ta licenziya qo'lga kiritdi, xolos. 

Yadro, disk, nayza uloqtirish, sakrash sport turlarida birorta licenziya olinmadi. Yoki, 49 ta suv sporti dasturidan bor-yo'g'i 4 tasi bo'yicha licenziya qo'lga kiritilgan.

O'q otish sportini rivojlantirish uchun mudofaa tizimi va “Vatanparvar” tashkilotida barcha sharoit yaratilgan. Lekin birorta sportchimiz Olimpiadaga bormadi.

Yurtimizda yakkakurash sport turlari, milliy kurash rivojlangan bo'lsa-da, yunon-rum kurashi bo'yicha atigi 3 ta licenziya olingan. 

O'tgan yili baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionati ilk bor yurtimizda o'tkazildi. Lekin unda yurtimiz birorta ham medal qo'lga kiritmadi, deya Prezidentning so'zlaridan iqtibos keltirdi matbuot kotibi SHerzod Asadov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing