29 iyu 11:11
Yangiliklar
Futbol
Erik Ten Xag Fergyuson chiqargan qoidani MYUga qaytardi
Dushanba kuni Ten Xag MYU bosh murabbiyi sifatida birinchi mashg'ulotini o'tkazdi.
Murabbiy klub bazasiga soat 8 da etib bordi. Birinchi kuni futbolchilarning bir guruhi soat 9:30da, ikkinchi guruhi esa 11:30da bazaga kelgan.
Kelasi kundan esa Erik futbolchilarga ertalab soat 9 da klub bazasiga etib kelish talabini qo'ygan.
Klubning afsonaviy murabbiyi ser Aleks Fergyuson ham 26 yillik faoliyatida mana shunday kun tartibini joriy qilgandi.
Ole-Gunnar Sulsher esa futbolchilarga soat 10da kelishga ruhsat berardi. Ten Xag jamoada muhitni yaxshilash uchun futbolchilarni mashg'ulotlardan so'ng birga ovqatlanib, vaqtni birga o'tkazishga chorlagan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar