21 dek 11:44
Yangiliklar
Tennis
Yoshlar Yakuniy ATP turnirida finalchilar malum bo'ldi
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida tennis bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Yakuniy ATP turniri bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada finalchilar aniqlandi. Dunyoning 28-raketkasi bo'lib turgan Lyorner Ten qatorasiga ikkinchi yil ham turnir finaliga chiqdi. Amerikalik iqtidor egasi 1/2 finalda vatandoshi, ATP reytingida 167-pog'onada borayotgan Nishesh Basavareddini mag'lubiyatga uchratdi - 4/2, 4/1, 4/3(3).
Hamyurtlarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 4:0 ko'rinishiga keldi. Etmish besh daqiqa davom etgan bahsda Ten 6, Basavareddi 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 5 ga 3. Ten o'tgan yilgi finalda Joao Fonsekaga yutqazib qo'ygandi. Bugun u bosh sovrin uchun belgiyalik Aleksandr Bloksga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar