So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

29 sen 10:31
Yangiliklar

Qiziqarli!

Ermatov, Ahmedov, CHusovitina, Qosimov deputatlik uchun saylovlarda qatnashadi

Xabaringiz bor, 27 oktyabr kuni O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo'lib o'tadi.

Etiborga molik jihati shundaki, bu galgi saylovlarda sportimiz elitasi vakillarini ham ko'rish mumkin. Xususan, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Odil Ahmedov, OKMK futbol klubi bosh murabbiyi, futbolimiz afsonasi Mirjalol Qosimov hamda afsonaviy gimnastikachimiz Oksana CHusovitinaning nomzodi etakchi siyosiy partiyalarimiz tomonidan saylovga qo'yilgan.

Mirjalol Qosimov so'nggi besh yil davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritdi. Uning nomzodi yangi besh yillik muddatga ham qo'yildi. Ravshan Ermatov, Odil Ahmedov va Oksana CHusovitina Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo'lish uchun saylovda o'z imkoniyat va omadini sinab ko'radi.   

Qiziq, agar Ermatov va Ahmedov saylovda g'alaba qozonsa, MOQ hamda O'FAdan ketib, bor etiborini xalq farovonligi yo'lidagi faoliyatga qaratarmikan? CHunki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi faoliyat mahalliy Kengashlardagisidan keskin farq qiladi. Deyarli 24/7 rejimda turli yig'ilishlar, tadbirlar, o'zi saylangan hududlarini doimiy o'rganishlar bilan band (to'g'ri, hamma deputatlar ham shunday ishlayvermaydi) bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing