08 dek 09:48
Yangiliklar
Ertaga Ar-Riyodda yilning yakuniy Gran-pri musobaqasi boshlanadi
Har bir vaznning jahon reytingida 16 talikdan joy olgan sportchilar ishtirok eta oladigan mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Olimpiya vazn toifalarida kechadigan bahslarda Ulug'bek Rashitov (-68 kg) , SHuhrat Salaev , Nikita Rafalovich (ikkisi ham -80 kg) va Svetlana Osipova (+67 kg) yurtimiz sharafini himoya qiladilar.
Musobaqa G10 tasnifidan o'rin olgan bo'lib, g'olib Parij-2024 Olimpiadasi yo'lida 100 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Ikkinchi o'rin sohibi 60 va bronza medali egasi 36 reyting ballini o'z hisobiga qo'shib qo'yadi. Ahamiyatli jihati, bu musobaqada yarim finalda mag'lub bo'lgan sportchilar bronza medali uchun o'zaro jang qilishadi.
Reglamentga ko'ra, 9 dekabr kuni barcha vazn toifasida saralash bahslari o'tkazilsa, bronza medali uchun va final janglari 10 dekabrga belgilangan.
Fikrlar