06 noy 17:30
Yangiliklar
Tennis

Ertaga Marrey dunyoning birinchi raketkasiga aylanadi
SHotlandiyalik tennis yulduzi Endi Marrey ertaga elon qilinadigan ATP reytingida dunyoning birinchi raketkasiga aylanadi.
Marrey Franciyada yakuniga etib borayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi turnirning finaliga chiqish bilan o'ziga birinchi raketka maqomini kafolatladi.
122 hafta mobaynida reytingni boshqarib kelgan serbiyalik Novak Jokovich shu tariqa o'z o'rnini 29 yoshli Endiga bo'shatib beradi. Glazgolik tennischi bu yil Rio Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritgan edi.
SHuningdek, Uimbldon turnirida ham bosh mukofotga ega chiqqandi. U bu yil hisobidan o'tkazgan 84ta uchrashuvidan 74tasida zafar quchgan.
Havola :
Fikrlar