So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

04 okt 10:26
Yangiliklar

Boshqalar

Ertaga Milliy olimpiya qo'mitasida seminar bo'lib o'tadi

Teglar :  MOQTibbiyotSeminar
Ertaga Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida “Bolalar cerabral paralichini reabilitaciya qilish markazi”ning tashkil etilishiga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tadi.

Endilikda bu erda malakali mutaxassislar mana shunday kasallikka chalingan ko'plab o'g'il-qizlarni bepul, o'zgacha usul bilan davolash va ularda hayotga bo'lgan qiziqishni orttirishni maqsad qilishgan.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi binosida joylashgan mazkur sport tibbiyoti markazi 5 bo'limdan iborat bo'lib, 585 turdagi eng zamonaviy tibbiy maxsus asbob-uskunalar jihozlangan.

SHu o'rinda alohida takidlab o'tish joizki, bunday tibbiy-biologik markazlar dunyoning sanoqli davlatlaridagina mavjud. Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida nafaqat o'zbekistonlik, balki xorijdan taklif etilgan etakchi shifokorlar ham faoliyat olib bormoqda.

Markazda sportchilar va sport jamoalariga, shuningdek, respublika aholisiga, xorijiy fuqarolarga diagnostika va davolash sifatining tasdiqlangan standartlariga rioya qilish sharti bilan ambulator tibbiy yordamning barcha turlarini, shu jumladan diagnostik va laboratoriya tadqiqotlari o'tkazish bo'yicha xizmat ko'rsatiladi.

Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida boshqa sport tibbiyoti markazlaridan farqli ravishda, bu erda sportchilarga barcha tekshirishlar, jumladan, nurli tashxis, kompyuter tomografiyasi, magnit rezonans tomografiyasi (MRT) tekshiruvlaridan o'tish, zarur dori-darmon va zamonaviy bog'lov materiallarini xarid qilish imkoniyatlari yaratilgan.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing