24 iyu 07:04
Yangiliklar
Tennis
Eshli Barti Birmingemda tengsiz bo'ldi
Dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Eshli Barti Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida yakunlangan WTA turniri g'olibasiga aylandi.
Avstraliyalik tennis malikasi hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning 19-pog'onasidan joy olgan germaniyalik Yuliya Gyorgesga qarshi kortga chiqdi. Barti 1 soatu 28 daqiqa davom etgan bahsda raqibasini 6/3, 7/5 hisobida taslim etdi.
Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok sabab 23 yoshli Barti dunyo reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Nature Valley Classic chempionligi esa Bartiga 470 reyting ochkosi hamda 176 215 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar