24 iyu 09:54
Yangiliklar
Tennis
Eshli Barti dunyoning birinchi raketkasiga aylandi
Avstraliyalik tennischi Eshli Barti Birmingemdagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasiga aylandi.
U bugun elon qilingan WTA reytingida ikkinchni pog'onadan birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Eshli kecha Birmingem turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi.
SHu tariqa, Eshli Barti reyting karvonboshisi bo'lgan dunyodagi 27-tennischiga aylandi. U shuningdek, Avstraliya tennisining 1976 yildan beri saqlanib kelinayotgan rekordini ham yangiladi. Bundan 43 yil avval avstraliyalik tennischi Ivonn Gulagong ikki hafta davomida reytingda birinchi o'rinni egallab turgandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar