06 iyu 18:16
Yangiliklar
Tennis
Eshli Barti "Rolan Garros" yarim finaliga chiqdi
Franciya poytaxti Parij shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turniri yakuni sari yaqinlashmoqda.
Bugun ayollar o'rtasidagi bahslarda yarim finalchilar nomi malum bo'ldi. Dunyoning sakkizinchi raketkasi Eshli Barti chorak finalda reytingning 14-pog'onasidan joy olgan amerikalik Medison Kizga qarshi kortga chiqdi.
Avstraliyalik tennis malikasi 1 soatu 9 daqiqa davom etgan uchrashuvda raqibasini 6/3, 7/5 hisobida mag'lub etdi. Endi Eshli French Open yarim finalida boshqa bir amerikalik tennischi Amanda Anisimovaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar