09 jan 13:31
Yangiliklar
Tennis
Eshli Barti yangi mavsumni sovrin bilan boshladi
Biroz avval Avstraliyaning Adelaida shahrida tennis bo'yicha WTA turniri yakunlandi.
Bosh sovrin uchun kechgan final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi, avstraliyalik Eshli Barti reytingning 14-pog'onasidan joy olib turgan qozog'istonlik Elena Ribakinani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etdi - 6/3, 6/2.
Bir soatu 5 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 6 tadan eys zarbasini amalga oshirishdi. Eshli o'zaro uchrashuvlardagi hisob farqini oshirdi - 2:0.
O'z vatanidagi muvaffaqiyatli ishtirok Bartiga 470 reyting ochkosi va 108,000 dollar mukofot puli keltirdi. Bugun u faoliyatidagi 14-sovrinini qo'lga kiritdi. Ribakina esa 305 reyting ochkosi va 66,800 dollar ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar