29 apr 07:40
Yangiliklar
Tennis, Futbol
ESPN sport telekanali 100 nafar xodimini ishdan bo'shatdi
Amerikaning dunyoga mashhur ESPN sport telekanali ko'plab jurnalistlar va etakchi boshlovchilar bilan xayrlashdi.
Xabarda aytilishicha, ishdan bo'shatilgan telekanal xodimlari 100 nafar atrofida ekan. Ular orasida MFLning sobiq o'yinchilari Trent Dilfer va Denni Kennel, MBA basketbolchisi Len Elmor, sobiq beysbolchi Jim Bouden, telekanalning ko'p yillik jurnalisti Ed Verder bor.
ESPN rahbariyatining bunday keskin qarorga kelishiga telekanal auditoriyasining keskin kamayib ketishi sabab bo'lgan. So'nggi yillarda kanal 10 milliondan oshiq doimiy obunachilarini yo'qotgan.
Havola :
Fikrlar