18 jan 18:41
Yangiliklar
Futbol
"Everton" xo'jayini klubni sotishga tayyor
"Everton"ning 90 foiz akciyasiga egalik qiladigan Farhod Moshiri klubni sotish haqida o'ylab qoldi.
Moshiri klubni sotuvga qo'yishga qaror qildi, sabab "ko'klar" tez orada moliyaviy muammolarga duch kelishadi. Rahbar bunday holatda xaridor topish qiyin bo'lishini tushunadi.
Mersisayd klubi narxi 350 million funtga baholanmoqda. Moshiri jamoaning o'sishi uchun 450 million funt miqdorida mablag' kiritgandi.
"Everton" joriy mavsumda salbiy natijalar qayd etmoqda, shu sabab Rafael Benites istefoga chiqarildi. Jamoa APLda 19 o'yindan so'ng jadvalda 16-o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : The Sun
Fikrlar