13 okt 13:13
Yangiliklar
Evloev Volkanovskini "stoyka"da sinab ko'rmoqchi
"U bunday deganda o'z so'zlariga chin dildan ishonadi deb umid qilaman, — deya Evloevning so'zlaridan iqtibos keltiradi Bloody Elbow. — Albatta, u buyuk jangchi, tarixdagi eng yaxshi yarim engil vaznlilardan biri, ammo bu menga shunchaki bo'sh emasligimni isbotlash uchun qo'shimcha motivaciya beradi xolos. Men bu erda chempionlik kamarini qo'lga kiritish va imkon qadar uzoq vaqt chempion bo'lib qolish uchunman".
SHuningdek, Volkanovski Evloevga qarshi jang oldidan o'zining kurash ko'nikmalariga qatiy ishonyapti, rossiyalik jangchi esa, aksincha, chempionni "stoyka"da (tik holatdagi jangda) sinab ko'rishga tayyor.
"Mening kurashim boshqacha, oyoqlarga tashlanishlarim o'zgacha va men vaziyatni yaxshi his qilaman, — dedi Evloev o'zining kurash texnikasi haqida. — Hattoki uni parterda ushlab tura olmasam ham, barcha 25 daqiqa davomida uni u erga keraklicha ko'p marta yiqitaman".
"Gap faqat kurashda emas — mening zarba berish texnikam ham yaxshilanib bormoqda. U darhol kurashga tashlanib ketishim uchun darajada kuchli emas. Men biroz kutib, uning "stoyka"da narsaga qodirligini ko'rishga tayyorman", — deya qo'shimcha qildi rossiyalik jangchi.

Fikrlar