30 iyu 06:30
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/726_220.jpg)
Evro-2016. Azar Uelsga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
Belgiya terma jamoasi etakchisi Eden Azar Evro-2016 chorak finali doirasidagi Uelsga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi mumkin.
Bu malumotni terma jamoa bosh murabbiyi Mark Vilmots ham tasdiqladi. Murabbiyning aytishicha, shifokorlar Edenning o'yinga 100 foiz tayyor emasligini malum qilishgan.
Azar 1/8 finaldan o'rin olgan Vengriyaga qarshi o'yin (4:0) chog'ida jarohat olgan edi. O'shandan beri yarim himoyachi mashg'ulotlarda ishtirok etmayapti. 1/4 finaldan o'rin olgan Belgiya – Uels uchrashuvi 1 iyul kuni Lill shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar