04 may 07:05
Yangiliklar
![](/upload/storage/11944_220.jpg)
Evropa ligasi. "Ayaks" - "Lion" 4:1, amsterdamliklar bir oyog'i bilan finalda
O'yinning 24-daqiqasida jarima to'pidan so'ng Traore boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi - 1:0. Oradan 10 daqiqa o'tib, Kasper Dolberg himoyachilarning xatosidan so'ng jarima maydoni ichiga kirib borib gol urdi - 2:0.
Ikkinchi bo'lim boshida Yunes hisobni yiriklashtirdi - 3:0. 66-daqiqada Valbuena mehmonlarning yagona javob to'pini kiritdi - 3:1. 71-daqiqada Traore dublga erishib, o'yinga mantiqiy yakun yasadi.
"Ayaks" - "Lion" 4:1
Gollar: 1:0 – 25 Traore, 2:0 – 34 Dolberg, 3:0 – 49 Yunes, 3:1 – 66 Valbuena, 4:1 – 71 Traore.
"Ayaks" – Onana, Sanches, Ridevald, Tete, Ziesh, de Ligt, SHene (van de Bek, 71), Klassen, Yunes (Klyuyvert, 79), Traore, Dolberg (Neres, 88).
"Lion" – Antoni Lopesh, Nkulu, Morel, Jalle (Rafael, 69), Diakabi, Valbuena, Tuzar (Gezzal, 58), Korne (Lyakazett, 76), Tolisso, Fekir, Gonalon.
Ogohlantirishlar: de Ligt (30), Gonalon (41), Traore (62).
Fikrlar