25 noy 07:10
Yangiliklar

Evropa ligasi. “Krasnodar” pley-offga chiqdi, Ahmedovda to'liq o'yin
Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov to'p tepayotgan Rossiyaning “Krasnodar” klubi o'z maydonida Avstriya chempioni “Red Bull Zalcburg”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Krasnodarliklar 85-daqiqada Fedor Smolovning goli evaziga hisobni tenglashtirib olishdi. Ahmedov o'yinda to'liq 90 daqiqa harakat qildi va jamoasining muvaffaqiyatiga o'z xissasini qo'shdi.
Ushbu durang natija “Krasnodar”ni 7 ochko bilan muddatdan oldin pley-offga chiqdi. Germaniyaning “SHalke 04” klubi yuz foizlik natija- 15 ochko bilan birinchi o'rinni egalladi.
KRASNODAR (Rossiya) – RED BULL (Avstriya) 1:1
Gollar: 0:1 – 37 Dabur, 1:1 – 85 Smolov.
“Krasnodar”: Kricyuk, Grankvist, Naldo, Kaleshin, Torbinskiy, Pereyra (Laborde, 58), Kabore, ODIL AHMEDOV, Kuassi (Gazinskiy, 46), Joaozino (Izmaylov, 74), Smolov.
“Red Bull”: Valke, Paulo Miranda, Uizdom, Ulmer, Upamekano, Lazaro, Radoshevich, Samasseku, Berisha (SHlager, 88), Gulbrandsen (Xvan Xi CHxan, 73), Dabur.
Ogohlantirishlar: Berisha (42), Kaleshin (57), Laborde (76).
SHALKE-04 (Germaniya) – NICCA (Franciya) 2:0
Gollar: 1:0 – 14 Konoplyanka, 2:0 – 80, penalti Aogo.
“SHalke-04”: Fermann, Kerer, Riter, Naldo, Aogo, Tekpetey, Stambuli, Kaysara, Konoplyanka (Bentaleb, 61; Avdiyay, 81), Baba, Mayer (Reze, 46).
“Nicca”: Kardinal, Bodmer, Suke, Dante, Boskali, Donis, Belxanda (Esserik, 65), Rikardu Pereyra (Plea, 66), Kozello, Dalbert, Valter (Marsel, 69).
Ogohlantirishlar: Dalbert (28), Dante (47), Tekpetey (50), Boskali (62), Kerer (67).
Fikrlar