19 avg 00:11
Yangiliklar

Evropa Ligasi. “Krasnodar”da yirik g'alaba, Ahmedovda 66 daqiqa
Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov to'p tepayotgan Rossiyaning “Krasnodar” klubi dastlabki o'yinni o'z maydonida Albaniyaning “Partizani”siga qarshi o'tkazdi.
Uchrashuvda krasnodarliklar yirik 4:0 hisobida zafar quchishdi. Boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan Ahmedov 66-daqiqada o'z o'rnini Kuassiga bo'shatib berdi.
Evropa ligasi. Pley-off o'yini. Birinchi uchrashuv.
KRASNODAR (Rossiya) – PARTIZANI (Albaniya) 4:0 (3:0, 1:0)
“stadion Kuban”
Gollar: 1:0 – 18, penalti Joaozino, 2:0 – 27 Smolov, 3:0 – 45 Endjeychik, 4:0 – 73, avtogol Krasniki.
“Krasnodar” – Kricyuk, MartInovich, Enjeychik, Kaleshin, Grankvist, Pereyra (Gazinskiy, 62), ODIL AXMEDOV (Kuassi, 66), Kabore, Joaozino, Smolov (Torbinskiy, 76), Ari.
“Partizani” – Xoja, Ibraximi (Feyzulaxu, 64), Krasniki, Arapi, Ramadani, Bata, Trashi, Bardi (Fili, 64), Vilya, Ekuban, Torassa.
Ogohlantirishlar: Enjeychik (24), Grankvist (38), Trashi (60).
Fikrlar