10 fev 17:20
Yangiliklar
Futbol

Fabregas o'z jamoasiga yulduz futbolchini olib kelmoqchi
"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas jamoasini yulduz darvozabon bilan kuchaytirmoqchi.
"Todofichajes" xabariga ko'ra, mutaxassis hozirda Italiyaning boshqa bir klubi – "Fiorentina"da to'p tepayotgan 34 yoshli ispaniyalik David De Xeaga qiziqmoqda.
"Komo" joriy mavsum oxirida De Xea bilan shartnoma imzolashi mumkin. David erkin agent sifatida o'tadi, chunki uning "binafsharanglar" bilan bitimi 2025 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Ispaniyalik futbolchining transfer qiymati 5 mln evroga baholanmoqda.
David Italiya chempionatining ushbu mavsumida 20 o'yinda qatnashib, xuddi shuncha gol o'tkazib yubordi va 7 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Havola :
Manba : Todofichajes
Fikrlar