28 okt 10:12
Yangiliklar
Fakt! Geynish va CHigirev o'z yo'nalishida O'zbekiston tarixidagi ilk Gran-pri medalini qo'lga kiritdi. Avvalgi Gran-pri medali kimga tegishli edi?
Musobaqaning juftlik yo'nalishida ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigirev qisqa va erkin dasturlar yakuniga ko'ra 189.65 ball jamg'arib, 8 ta juftlik orasida kumush medallarga ega chiqdi.
Ahamiyatlisi, sportchilar ushbu natijasi orqali nafaqat o'z faoliyatlaridagi birinchi Gran-pri medallariga ega chiqdi, balki O'zbekiston tarixida juftlik yo'nalishidagi ilk Gran-pri medallarini ham qo'lga kiritdi.
O'zbekistonlik figurali uchuvchilar qo'lga kiritgan so'nggi Gran-pri medali bungacha amerikalik mashhur figurali uchuvchi Ilya Malininning onasi Tatyana Malininaga tegishli edi.
Kanada Gran-prisi
Oltin: Dinna Stellato-Dudek/Maksim Desham (Kanada) (197.33)
Kumush: EKATERINA GEYNISH/DMITRIY CHIGIREV (O'ZBEKISTON) (189.65)
Bronza: Anastasiya Golyubova/Ektor Gyotopulos Muur (Avstraliya) (186.14)
4. Annika Xokke/Robert Kunkel (Germaniya) (184.30)
5. Emili CHan/Spenser Akire Xou (AQSH) (178.31)
6. Yuliya CHetinina/Mishal Voznyak (Polsha) (173.84)
7. Darya Danilova/Mishel Ciba (Niderlandiya) (171.02)
8. Kelli Ann Lourin/Lukas Eter (Kanada) (163.60).
Fikrlar