18 okt 10:08
Yangiliklar
Stol tennisi
Falastin stol tennisi federaciyasi raisi Isroil bilan urush chog'ida vafot etdi
15 oktyabr, yakshanba kuni Falastin stol tennisi federaciyasi raisi Mohamed Aldalu Falastin mintaqasida sodir bo'layotgan Isroil bilan urush harakatlari oqibatida vafot etdi.
Bu haqda Xalqaro stol tennisi fedaraciyasi matbuot xizmati xabar berdi:
"ITTF 15 oktyabr, yakshanba kuni fojiali tarzda vafot etgan Falastin stol tennisi federaciyasi prezidenti Mohamed Aldaluning vafoti tufayli chuqur qayg'uda.
ITTF mintaqada sodir bo'lgan dahshatli zo'ravonliklarning barcha begunoh qurbonlariga samimiy hamdardlik bildiradi.
Federaciya har qanday zo'ravonlikni keskin qoralaydi va barcha o'yinchilar va stol tennisi jamoalarining barcha azolari xavfsizligi uchun tashvish bildiradi. ITTF stol tennisining birdamligini yana bir bor tasdiqlab, tinchlikning tezda tiklanishiga qattiq umid qiladi", - deyiladi ITTF (Xalqaro stol tennisi federaciyasi) xabarida.
Havola :
Manba : ittf.com
Fikrlar