23 iyu 16:34
Yangiliklar
Tennis

Farg'ona "Fyuchers". Juftliklar. Nigina Abduraimova finalda Sabinaga qarshi o'ynaydi
Farg'onadagi "Fyuchers" turnirida juftliklar bahslarida finalchilar malum bo'ldi.
Bundan biroz avval Sabina SHaripova rossiyalik sherigi Kseniya Likina bilan birga final yo'llanmasini qo'lga kiritganligi haqida malum qilgandik.
Boshqa bir sportchimiz Nigina Abduraimova Anastasiya Frolova (Rossiya) bilan birga juftlik bahslaridagi yarim final bahsini o'tkazdi. Ularga final yo'lida Kerimbaeva (Qozog'iston)/Sizikova (Rossiya) kabi tennischilar raqiblik qilishdi.
1 soat 50 daqiqa davom etgan o'yinda Nigina va uning sherigi 7:6, 6:7, 10:4 hisoblarida g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi.
Endi ular finalda turnirning birinchi raqamli juftligi hisoblangan SHaripova/Likina juftligiga qarshi bahs olib boradilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar