23 iyu 12:09
Yangiliklar
Tennis

Farg'ona “Fyuchers”. Nigina Abduraimova ham yarim finalda!
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Farg'ona shahridagi “Istiqlol” tennis kortlarida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida bugun chorak final uchrashuvlari o'tkazilyapti. Sabina SHaripovadan so'ng yana bir hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Musobaqada uchinchi raqam ostida harakat qilayotgan Abduraimova hozirgina yakuniga etgan chorak final bahsida oltinchi raketka, qozog'istonlik Kamila Kerimbaevani taslim etdi. Bir soatu 58 daqiqa davom etgan uchrashuvda Nigina 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar