24 iyu 18:45
Yangiliklar
Tennis

Farg'ona “Fyuchers”. O'zbekcha finalda Abduraimova ustun keldi
Farg'ona shahrida davom etayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning juftliklar musobaqasida g'oliblar malum bo'ldi.
Bundan biroz avval yakunlangan final uchrashuvida Sabina SHaripova rossiyalik sherigi Kseniya Likina bilan birga yana bir hamyurtimiz Nigina Abduraimova hamda rossiyalik Anastasiya Frolovaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda uchinchi raqamli juftlik - Nigina va Anastasiya 7:6(7), 7:5 hisobida zafar quchib, bosh mukofotni qo'lga kiritdi. SHaripova va Likina turnirning birinchi raqamli juftligi edi.
Vice-chempionlar - Sabina va Kseniya!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar