23 iyu 16:02
Yangiliklar
Tennis

Farg'ona "Fyuchers". Sabina SHaripova juftliklar bahsida finalga chiqdi
Farg'onada qizlar o'rtasida "Fyuchers" turniri o'zining qizg'in pallasiga kirgan.
Turnirning juftlik bahslarida rossiyalik Kseniya Likina bilan birinchi raqam ostida juftlik hosil qilgan tennischisi Sabina SHaripova finalga chiqish uchun hindistonlik tennischilardan tashkil topgan Tandi/Tatachar juftligiga qarshi kortga chiqdilar.
1 soat 21 daqiqa davom etgan bahsda Sabina va uning sherigi 6:1, 4:6, 10:8 hisoblarida g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar