22 iyu 11:57
Yangiliklar
Tennis

Farg'ona “Fyuchers”. Umarovaning yurishi to'xtadi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Farg'ona shahridagi “Istiqlol” tennis kortlarida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning ikkinchi davrasiga etib kelgan yana bir tennischimiz o'z uchrashuvini o'tkazdi. Terma jamoamiz azosi Kamola Umarova rossiyalik Anastasiya Frolovaga qarshi kortga chiqdi.
Frolova turnirning to'rtinchi raqamli ishtirokchisi edi. Bir soatu 25 daqiqa davom etgan bahsda Frolova 6:4, 6:2 hisobida zafar quchib, chorak finalga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, Kamola Umarova ilk davrada qozog'istonlik Aleksandra Grinchishinani ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida taslim etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar