So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

03 avg 08:52
Yangiliklar

Boshqalar

Farrux Nosirov Markaziy Osiyo triatlon associaciyasi vice-prezidenti etib saylandi

Teglar :  Triatlon
Olmaota shahrida (Qozog'iston) Osiyo triatlon hayotidagi tarixiy voqea – Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekiston milliy triatlon federaciyalarini o'z ichiga olgan Markaziy Osiyo Triatlon Associaciyasining (CATA) ikkinchi kongressi bo'lib o'tdi.

CATA prezidenti Galimjan Yesenov raisligida o'tkazilgan kongressda CATA azolari – O'zbekiston Triatlon federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Farrux Nosirov, Qirg'iziston Triatlon federaciyasi prezidenti CHingiz Alkanov va CATA bosh kotibi Maksim Kryat ishtirok etdilar. Kongressga faxriy mehmonlar, shu jumladan Eron Islom Respublikasi Triatlon federaciyasi prezidenti Mahdi Gudzari va Afg'oniston Milliy Triatlon federaciyasi sport masalalari bo'yicha direktor o'rinbosari Naser Ahmadiy ham taklif etildi. Uchrashuv natijalariga ko'ra yaqin kelajakdagi asosiy maqsadlar, aniq vazifalar belgilandi va bir qator muhim qarorlar qabul qilindi.

Associaciya rejalaridan joy olgan muhim yo'nalish – Markaziy Osiyo mintaqasini Osiyo qitasida triatlonni rivojlantirish va ommalashtirish bo'yicha yetakchilar qatoriga kiritish. Buning uchun quyidagilar rejalashtirilmoqda: CATA faoliyatini media-makonda faol yoritib borish, mukammal meyoriy-huquqiy bazani yaratish, triatlon sport turida ishtirok qamrovini CATAga azo har bir mamlakatda aholining 1 foizigacha oshirish va nihoyat, professional triatletlar va paratretetalarni dunyoning Top-30 va Osiyoning Top-5 reytingiga kiritish uchun tayyorlash.



Afg'oniston Milliy Triatlon federaciyasi va Eron Islom Respublikasi Triatlon federaciyasining CATAga azo bo'lishi kongress azolari bir ovozdan qabul qilgan muhim qarorlardan biriga aylandi. Bir ovozdan qo'llab-quvvatlangan taklif bilan O'zbekiston triatlon federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Farrux Nosirov CATA vice-prezidenti etib saylandi. CHingiz Alkanov CATA yetakchi vice-prezidenti lavozimiga saylandi. Delegatlar, shuningdek, Associaciya tizimida Huquqiy, Media, Raqobat va Paratriatlon qo'mitlarini yaratishga doir qaror qabul qildilar. Yangi tashkil etilgan qo'mitalar ishining boshlanishi sifatida CATA rasmiy veb-saytining domen nomi – www.catatriathlon.org  tasdiqlandi.

SHuningdek, CATA shafeligida o'tkaziladigan birinchi musobaqalarning sanalarini belgilash yig'ilishdagi asosiy qarorlardan biri bo'ldi. Triatlon bo'yicha birinchi start 2019-yil 5 oktyabrga belgilandi. Ushbu tarixiy startning asosiy xususiyati shundaki, u transmilliy bo'ladi, yani poyga CHimkent shahrida (Qozog'iston) 1,1 km suzish masofasidan boshlanadi, keyin sportchilar CHimkentdan O'zbekiston poytaxtiga qadar 121 km masofani bosib o'tib, musobaqa oxirida Toshkent ko'chalarda 11 km yuguradilar. Ushbu start O'zbekistonda Qozog'iston yiliga bag'ishlanadi.

Paratriatlon bo'yicha CATA birinchi starti esa joriy yilning 22 sentyabr kuni Qozog'istondagi Aktau shahrida bo'lib o'tgan birinchi Osiyo kubogi doirasida o'tkaziladi.

Tez orada triatlon bo'yicha yirik tarixiy voqealarga ro'yxatdan o'tish imkoniyati CATA rasmiy veb-saytida mavjud bo'ladi.

O'zbekiston Triatlon Federaciyasi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing