25 jan 13:40
Yangiliklar

Fayziev Aktobedagi turnirda chorak finalga chiqdi
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Sanjar Fayziev yurtimiz sport sharafini himoya qilyapti. Turnirda oltinchi raqam ostida tasniflangan Sanjar chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Istedodli tennischimiz bir necha daqiqa avval
yakuniga etgan ikkinchi davra uchrashuvida polshalik Andrey Kapashni mag'lub etdi. Bir
soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda Fayziev 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Malumot uchun, u birinchi davrada hindistonlik Vijay Sundar Prashantdan 6:4, 7:5 hisobida ustun kelgan edi. Yana bir tennischimiz Saidalo Saidkarimov esa turnirning 7-raketkasi chexiyalik Yan Mertiga 1:6, 6:7(4) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Fikrlar