03 okt 08:15
Yangiliklar
Tennis

Fayziev Almati “CHellenjer”i juftligida yutqazdi, bugun yakkalikda kortga chiqadi
Qozog'istonning Almati shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sanjar Fayziev ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Kecha mamlakatimizning ikkinchi raketkasi juftlik bahslarining ilk davrasida mag'lubiyatga uchradi.
Ivan Nedelko bilan tandem hosil qilgan Sanjar belaruslik tennischilar - Sergey Betov va Dmitriy Popko juftligiga 1:6, 5:7 hisobida yutqazib qo'ydi. Bugun Fayziev yakkalikning birinchi davrasida turnirning ikkinchi raketkasi Filipp Krayinovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar