03 okt 12:45
Yangiliklar
Tennis

Fayziev Almati “CHellenjer”idagi ishtirokini yakunladi
Qozog'istonning Almati shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sanjar Fayziev ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi. Avvaliga juftlik bahslarida yutqazgan hamyurtimiz bir necha daqiqa avval yakkalik turnirida ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi yakkalikning
birinchi davrasida turnirning ikkinchi raketkasi Filipp Krayinovichga qarshi kortga
chiqdi va raqibiga ikki setda ham bir xil 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib
qo'ydi. Endi Fayziev Toshkent “CHellenjer”ida ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar