22 noy 15:10
Yangiliklar
Tennis
Fayziev “Astana CHellenjer”ini g'alaba bilan boshladi
Qozog'istonning Astana shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turkumidagi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Astana Challenger “Capital Cup” turnirining asosiy to'r bahslarida ishtirok etayotgan to'rt nafar tennischimizdan biri Sanjar Fayziev g'alabaga erishdi.
Terma jamoamiz azosi hindistonlik Sasi Kumar Mukundga qarshi kortga chiqib, raqibini ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar