23 mar 17:13
Yangiliklar
Tennis

Fayziev Bahraynda yarim final ostonasida to'xtadi
Tennischimiz Sanjar Fayziev Bahraynda bo'lib o'tayotgan "Fyuchers" musobaqasining chorak finalida kortga chiqdi.
Musobaqaning uchinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan Fayzievga bugun norvegiyalik Viktor Durashovich (6) raqiblik qildi.
Afsuski, ushbu bellashuvda terma jamoamiz azosi 4:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Endilikda u faqatgina juftlik bahslarida o'z imkoniyatini sinab ko'radi.
Sanjar Fayziev (O'zbekiston) - Viktor Durashovich (Norvegiya) 4:6, 4:6.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar