09 sen 12:24
Yangiliklar

Davron Fayziev: "Topuriya engilmas jangchi emas, u uchun eng munosib raqib - bu..."
"Iliya Topuriya engilmas, demagan bo'lardim. UFC'da aniq taxmin bildirish to'g'ri bo'lmaydi, menimcha. Birgina lakipanch hammasiga nuqta qo'yishi mumkin. Bu eng kutilmagan natijalarga boy sport turi. SHunday ekan, Topuriya engilmas, degan gapni aytolmayman. Lekin hozirgi kunda skillari hamda rivojlanish dinamikasi bo'yicha u eng zo'rlaridan biri. Biroq Islam Maxachev undan biroz tajribaliroq. Maxachevda kurash bazalari yaxshiroq. Ko'pchilik Topuriyani tik turgan holda boksi zo'r, deyishadiku, lekin Topuriyada ham aslida bazasi kurash. O'ylashimcha, bu ikki sportchi hozir P4P reytingida etakchi ekani bejizga emas. Topuriyani ham vaqti kelib, to'xtatishadi. Bugungi kunda u uchun yagona munosib raqib bu Islam Maxachev", deydi Davron Fayziev Olamsport.com muxbiri Sarvinoz Raxmonqulova bilan suhbatda.
Fikrlar