26 dek 11:44
Yangiliklar
Boks/MMA
"Xabibni ham, Maxachevni ham "yorib" tashlardi" - KXL xokkeychisi
"Salavat Yulaev" hujumchisi Artur Fayzov aralash yakkakurashlar (MMA) haqidagi bir nechta savolga javob berdi.
U o'rta vazn toifasida UFC chempioni chechenistonlik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Xamzat CHimaevga muxlislik qilishini tan oldi. Fayzovning fikricha, CHimaev zamonamizning eng yaxshi jangchisi.
"Keyinchalik Xabib Nurmagomedovni kuzata boshladim. Hozir UFC’da CHimaevning muxlisiman. Yana menga Islam Maxachev yoqadi, lekin baribir Xamzatni zamonamizning eng yaxshi jangchisi deb bilaman. Menimcha, u Nurmagomedovni ham [eng yaxshi yillarida], Maxachevni ham "yorib" tashlagan bo'lardi", - deya Fayzovning so'zlarini keltiradi MXL rasmiy sayti.
Ayni paytda CHimaevning aralash yakkakurashlar bo'yicha hisobida 15 ta jangda 15 ta g'alaba (oltitasida nokaut) bor.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar