12 apr 13:20
Yangiliklar
Tennis

Fayziev CHimkentdagi turnirda chorak finalga chiqdi
Tennischimiz Sanjar Fayziev CHimkentda bo'lib o'tayotgan mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "Fyuchers" turnirida chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Sportchimiz chorak finalga chiqish uchun mezbon tennischi Roman Hassanovga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 1 daqiqa davom etgan bahsda Sanjar 0:6, 6:4, 6:2 hisoblarida g'alaba qozondi va chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Turnirning to'rtinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan Sanjar navbatdagi bosqichda rossiyalik Ivan Gaxov (6) ga qarshi bahs o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar