14 fev 15:24
Yangiliklar
Tennis

Fayziev ham keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Qozog'istonning Aktobe shahrida "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada o'zbekistonlik tennischilar ham muvaffaqiyatli odimlashyapti. Turnirning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonovdan so'ng yana bir vakilimiz Sanjar Fayziev ham chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Sanjar 1 soatu 45 daqiqa davom etgan ikkinchi davra uchrashuvida turnirning sakkizinchi raketkasi, monakolik Lukas Katarinani 7:5, 6:4 hisobida mag'lub etib, chorak finalga chiqdi. Endi Fayziev chorak finalda turnirning birinchi raqamli tennischisi, rossiyalik Taymuraz Gabashvili bilan hisob-kitob qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar