18 avg 15:25
Yangiliklar
Tennis

Fayziev Minsk turnirida chorak finalga chiqdi
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada ettinchi raqam ostida tasniflangan Sanjar Fayziev chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U hozirgina yakuniga etgan ikkinchi davra uchrashuvida qozog'istonlik Denis Evseevni mag'lub etdi.
Bir soatu 20 daqiqa davom etgan bahsda Fayziev raqibini ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida taslim eta oldi. Endi Sanjar chorak finalda turnirning uchinchi raketkasi, rossiyalik Markos Kalovelonisga qarshi kortga chiqadi. Markos bugun xorvatiyalik Zvonimir Zgombikni 6:1, 3:6, 6:3 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar