07 noy 15:55
Yangiliklar
Tennis

Fayziev Mishrefdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi, SHofayziev esa aksincha
Bugun Quvaytning Mishref shahrida sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari start oldi.
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada terma jamoamiz azolari Sanjar Fayziev va SHonig'mat SHofayziev ham o'z mahoratini namoyish etyapti.
Turnirning uchinchi raketkasi hisoblangan Fayziev bugun ilk davrada hindistonlik Aryan Goveasga qarshi kortga chiqib, raqibini 7:5, 6:0 hisobida g'alaba qozondi.
Afsuski, SHonig'mat SHofayziev birinchi bosqichda saralash bahslari g'olibalaridan biri yaponiyalik Naru SHirafujiga 2:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar