08 iyu 12:08
Yangiliklar
Tennis

Fayziev Namangandagi turnirda yarim finalga chiqdi
Namanganda mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "Fyuchers" turniri davom etmoqda.
Turnirning birinchi raqamli raketkasi sifatida saralangan tennischimiz Sanjar Fayziev chorak finalda rossiyalik Markos Kalovelonisga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 51 daqiqa davom etgan bahsda sportchimiz 7:6, 7:5 hisoblarida g'alaba qozondi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U endi finalga chiqish uchun Belorus yoki Misrdan tashrif buyurgan sportchiga qarshi bahs yuritadi.
Sanjar Fayziev - Markos Kalovelonis 7:6, 7:5
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar